(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Ta'lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari muhokama qilindi

  • Home
  • News
  • Ta'lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari muhokama qilindi
Ta'lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari muhokama qilindi

Ta'lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari muhokama qilindi

Buxoro davlat pedagogika institutida fakultet dekanlari hamda bo'lim boshliqlari ishtirokida 2026–2027-o'quv yili uchun ta'lim grantlarini qayta taqsimlash jarayoni yakunlari yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi VM-149-son qarori asosida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Maxsus komissiya bayonnomasiga muvofiq, bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining 1–2-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 1-bosqich talabalari uchun ta'lim grantlarini qayta taqsimlash bo'yicha yakuniy natijalar yuzasidan mas'ullarga tegishli ma'lumotlar yetkazildi. Jarayon davomida grantlarni qayta taqsimlashning belgilangan tartib va mezonlar asosida, ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilgani ta'kidlandi.

Shuningdek, fakultet dekanlari va bo'lim boshliqlariga yakuniy natijalarni talabalar e'tiboriga yetkazish, ularni natijalar bilan tanishtirish hamda yangi o'quv yilida ta'lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlarini olib borish bo'yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Yangi o'quv yili — yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari muhim qadam!