(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

#Legislation_News

#Legislation_News

#Legislation_News

Hukumat qarori (299-son, 11.06.2026-y.) bilan "Xorijiy va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan talabalar o'qishini davlat oliy ta'lim tashkilotlariga ko'chirish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish"ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga asosan, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijiy va nodavlat universitetidan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishini ko'chirishda chet tili va umumta'lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabalarga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berishni yo'lga qo'yadi.

Reglamentga ko'ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi ushbu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar YAIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.

Quyidagilar arizani rad etishga asos bo'ladi:

  • so'rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki ma'lumotlar to'liq taqdim etilmagani;
  • so'rovnomada noto'g'ri yoxud buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar aniqlangani;
  • belgilangan miqdordagi to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmagani.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustgacha ko'rib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish to'g'risida qaror qabul qilinadi. Bu haqda ariza beruvchiga YAIDXP yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi.

O'qishni ko'chirish bo'yicha QR-kodli imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan so'ng 1 hafta ichida ariza beruvchiga yuboriladi.