(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkaziladi!

  • Home
  • News
  • Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkaziladi!
Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkaziladi!

Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkaziladi!

    Buxoro davlat pedagogika institutida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Musobaqalarning asosiy maqsadi — sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish, jamoada sport madaniyatini shakllantirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.

     Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

     Mini-futbol

     Voleybol

     Shaxmat-shashka

     Stol tennisi

     Yengil atletika
     17-avgust, soat 10:00

Shaxmat-shashka, stol tennisi va yengil atletika musobaqalariga start beriladi.
     18-avgust

Mini-futbol va voleybol bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.

Musobaqalarda professor-o‘qituvchilar, ko‘ngilli volontyor talabalar hamda sportsevarlar faol ishtirok etishlari mumkin.

Barcha sportsevarlarni ushbu musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
     Jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:

Telegram: @Amrulloyevich

Telefon: (97) 282-55-52