(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Tillar fakulteti dekani seminar-treningda ishtirok etdi

  • Home
  • News
  • Tillar fakulteti dekani seminar-treningda ishtirok etdi
Tillar fakulteti dekani seminar-treningda ishtirok etdi

Tillar fakulteti dekani seminar-treningda ishtirok etdi

    Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi hakamlar hay’ati a’zolari uchun seminar-trening tashkil etildi.Mazkur seminar-treningda Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti dekani X. Xaitov ham faol ishtirok etmoqda.

    Tadbir davomida “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichini yuqori saviyada, shaffof va adolatli tashkil etish, ishtirokchilarni baholash mezonlari hamda tanlovni o‘tkazish tartibiga oid muhim tavsiya va tushuntirishlar berildi.

    Mazkur seminar-trening tanlov hakamlar hay’ati a’zolarining malakasini oshirish, baholash jarayonida xolislik va ochiqlik tamoyillarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.