(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

In Barcelona, issues of developing Uzbekistan–Spain higher education cooperation were discussed

  • Home
  • News
  • In Barcelona, issues of developing Uzbekistan–Spain higher education cooperation were discussed
In Barcelona, issues of developing Uzbekistan–Spain higher education cooperation were discussed

In Barcelona, issues of developing Uzbekistan–Spain higher education cooperation were discussed

Ispaniyaning Barselona shahrida O'zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi doirasida Barselona universitetida yalpi majlis va qator panel muhokamalari bo'lib o'tdi. Tadbirlarda ikki mamlakat oliy ta'lim tizimlari, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari hamda universitetlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Yalpi majlisda Barselona universiteti, Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti, Ispaniya Ta'limni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) va Kataloniya hukumati vakillari ishtirok etib, akademik almashinuv, qo'shma ta'lim dasturlari, internatsionallashuv va innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan ma'ruzalar taqdim etdilar.

Shuningdek, O'zbekiston oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro reytinglar bilan ishlash tajribasi hamda universitetlarning global maydondagi faolligiga bag'ishlangan taqdimotlar o'tkazildi. Forum doirasida pedagogik innovatsiyalar, xalqaro tarmoqlar va hamkorlikning yangi strategiyalariga oid panel sessiyalar tashkil etildi.