(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Issues of student employment and professional development under discussion

  • Home
  • News
  • Issues of student employment and professional development under discussion
Issues of student employment and professional development under discussion

Issues of student employment and professional development under discussion

Buxoro davlat pedagogika institutida Romitan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha 1-o'rinbosari, tuman iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'i Po'latov Sherali Davlatovich ishtirokida bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni munosib ish o'rinlariga yo'naltirish hamda kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, tumandagi mavjud bo'sh ish o'rinlari, kadrlar ehtiyoji mavjud bo'lgan sohalar hamda yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.

Muloqot jarayonida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, ishga joylashish, kasbiy rivojlanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda davlat imtiyozlari bo'yicha kerakli tavsiyalar oldilar.