

Buxoro davlat pedagogika institutida professor-o'qituvchilar ishtirokida jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqiy nigilizmning oldini olish hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-sonli qarori ilovasining 42-bandida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berildi.
Xususan, fuqarolarda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi illat ekanligi to'g'risida to'g'ri dunyoqarashni shakllantirish, qonunlarga hurmat va huquqiy mas'uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2026-yil 29-apreldagi 04-92-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan 2026–2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, qonuniylikni ta'minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda yoshlar o'rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Bunday targ'ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish orqali jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va majburiyatlarini chuqur anglashiga ko'maklashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiluvchi muhitni shakllantirish ko'zda tutilmoqda.