(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

🇺🇿 One flag, one team, one goal!

  • Home
  • News
  • 🇺🇿 One flag, one team, one goal!
🇺🇿 One flag, one team, one goal!

🇺🇿 One flag, one team, one goal!

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari Buxoro viloyatining barcha tuman/shaharlarida o'rnatiladigan katta ekranlarda to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.

Maxsus tomosha maydonlari ro'yxati:

  • Buxoro shahar — "Ko'hna va Boqiy Buxoro" majmuasi
  • Kogon shahar — "Lokomotiv" o'yingohi
  • Buxoro tumani — Tuman markaziy o'yingohi
  • Kogon tuman — Tuman yoshlar markazi maydoni
  • Vobkent tumani — Tuman markaziy o'yingohi oldidagi maydon
  • Jondor tumani — Tuman markaziy o'yingohi
  • Olot tumani — "Sohil bo'yi" maydoni
  • Peshku tumani — Tuman markaziy o'yingohi
  • Romitan tumani — Tuman markaziy o'yingohi
  • Shofirkon tumani — Tuman markaziy o'yingohi
  • Qorako'l tumani — "Sohil bo'yi" maydonidagi amfiteatr
  • Qorovulbozor tumani — "Yoshlar bog'i" amfiteatrida
  • G'ijduvon tuman hokimligi — Madaniyat markazi old qismidagi maydon

Eng yirik tomosha maydoni Buxoro shahridagi "Ko'hna va boqiy Buxoro" majmuasi hududidagi muhtasham amfiteatrda tashkil etiladi — bu yerda 6 ming nafar muxlis birgalikda milliy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o'yinlari (Toshkent vaqti bilan):

  • O'zbekiston — Kolumbiya: 18-iyun, soat 07:00
  • Portugaliya — O'zbekiston: 23-iyun, soat 22:00
  • DR Kongo — O'zbekiston: 28-iyun, soat 04:30

Har bir o'yin — milliy jamoamiz uchun kuch, har bir qo'llab-quvvatlov — g'alabaga ishonchdir. Olg'a, O'zbekiston!