(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Alohida ehtiyojli talabalar e’tiborda

Alohida ehtiyojli talabalar e’tiborda

Alohida ehtiyojli talabalar e’tiborda

Buxoro davlat pedagogika institutida ta’lim olayotgan alohida ehtiyojli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida uchrashuv tashkil etiladi.


Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Umedjanova Malika Lukmanovna hamda “Ijtimoiy himoya koordinatori” Samiyeva Gulnora Rajabmurodovna ishtirok etadi. Muloqot davomida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganiladi. Shuningdek, mavjud muammolarni hal etish va talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilanadi.
 

E’tibor va teng imkoniyat — inklyuziv ta’limning muhim mezonidir.