(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Talaba Expo–2026 — imkoniyatlar, hamkorlik va kelajak sari muhim qadam

Talaba Expo–2026 — imkoniyatlar, hamkorlik va kelajak sari muhim qadam

Talaba Expo–2026 — imkoniyatlar, hamkorlik va kelajak sari muhim qadam

Ayni damda Buxoro shahridagi Buxoro davlat universiteti Universal sport majmuasida "Talaba Expo–2026" ko'rgazmasi qizg'in davom etmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti ham o'zining maxsus ko'rgazma stendi bilan faol ishtirok etmoqda. Institut professor-o'qituvchilari, talabalar hamda mutaxassislar tashrif buyuruvchilarga ta'lim yo'nalishlari, ilmiy salohiyat, zamonaviy loyihalar, yangi imkoniyatlar va 2026/2027-o'quv yili qabuli bo'yicha batafsil ma'lumotlar taqdim etmoqda.

Ko'rgazma davomida yoshlar, bitiruvchilar va mehmonlar institutning ta'lim muhiti, innovatsion yondashuvlari hamda kelajak kasblari bo'yicha yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lmoqda.

Talaba Expo–2026 — ta'lim, innovatsiya va hamkorlikni birlashtiruvchi, yoshlarning kasbiy rivojlanishi hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratayotgan muhim maydondir.