(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

"Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalari oldidan futbolchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • "Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalari oldidan futbolchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi
"Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalari oldidan futbolchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi

"Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalari oldidan futbolchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi

Buxoro davlat pedagogika institutida "Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalarida institut sharafini himoya qiladigan sportchi talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda institut rektori Bahodir Ma'murov talaba-sportchilar bilan samimiy muloqot olib bordi.

Muloqot davomida futbol sport turi bo'yicha musobaqalarda ishtirok etadigan talabalarning tayyorgarlik jarayoni, musobaqa oldidan ruhiy holati hamda oldilariga qo'ygan maqsad va vazifalari muhokama qilindi. Rektor yosh sportchilarga o'z tavsiyalarini berib, ularga musobaqalarda muvaffaqiyat va yorqin g'alabalar tiladi.

Ishonchimiz komilki, institutimiz sportchilari yuksak mahorat, matonat va jamoaviy hamjihatlik namunasini ko'rsatib, Buxoro davlat pedagogika instituti sha'nini munosib himoya qiladilar.