(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

"Yoshlar kuni" doirasida viloyat hokimi sportchi yoshlar bilan uchrashdi

"Yoshlar kuni" doirasida viloyat hokimi sportchi yoshlar bilan uchrashdi

"Yoshlar kuni" doirasida viloyat hokimi sportchi yoshlar bilan uchrashdi

Ma'lumki, joriy yilning 24-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda dunyoda yoshlar ongini egallashga qaratilgan turli tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimiga o'tishi zarurligi qayd etildi va mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" etib belgilandi. Shu kuni mas'ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni tinglashi hamda ularning muammolarini joyida hal etishi alohida ta'kidlandi.

Shunga ko'ra, bugun viloyat hokimi Botir Zaripov "Universal" sport majmuasida Buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport yo'nalishida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Dastlab sportchi yoshlarning erishayotgan muvaffaqiyatlari sarhisob qilindi, viloyat rahbari kelgusida ham sportchilarni doimo qo'llab-quvvatlashini aytib o'tdi.

Uchrashuvning asosiy qismi taklif va tashabbuslarga boy ruhda o'tdi. Samimiy muloqot ruhida kechgan suhbat yoshlarga katta motivatsiya berdi.

Talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan rahbarlarga yuzlanishdi. Takliflar qabul qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yish, ularning muammo va takliflarini tinglash, tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda ertangi kun egalarining intilishlariga keng yo'l ochishda muhim ahamiyat kasb etdi.