(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Bugundan davlat oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishni ko'chirish va tiklash bo'yicha arizalar qabuli boshlandi

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Bugundan davlat oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishni ko'chirish va tiklash bo'yicha arizalar qabuli boshlandi
Bugundan davlat oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishni ko'chirish va tiklash bo'yicha arizalar qabuli boshlandi

Bugundan davlat oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishni ko'chirish va tiklash bo'yicha arizalar qabuli boshlandi

2026/2027-o'quv yili uchun talabalarning o'qishini davlat oliy ta'lim tashkilotlariga ko'chirish bo'yicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi:

  • 2 ta uzrli sababga ko'ra respublikaning bir davlat oliy ta'lim tashkilotidan boshqa oliy ta'lim tashkilotiga yoki bir oliy ta'lim tashkiloti doirasida o'qishni ko'chirish, shuningdek, bir oliy ta'lim tashkiloti doirasida o'qishni qayta tiklash bo'yicha arizalar — "transfer.edu.uz";
  • xorijiy va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan davlat oliy ta'lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga — "my.uzbmb.uz".

Yangi tartibga ko'ra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga o'qishini ko'chirishda:

  • umumta'lim fanlari hamda chet tili bo'yicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi;
  • xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi.

Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishini ko'chirishda chet tili hamda umumta'lim fanlari bo'yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi.