(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Musiqa ta'limi yo'nalishi bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Musiqa ta'limi yo'nalishi bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi
Musiqa ta'limi yo'nalishi bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi

Musiqa ta'limi yo'nalishi bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi

Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Musiqa ta'limi yo'nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasining dastlabki kuni yuqori saviyada tashkil etildi.

Attestatsiya jarayoni avvalida bitiruvchilar Yakuniy davlat attestatsiyasini o'tkazish tartibi, baholash mezonlari hamda attestatsiya komissiyasi tarkibi bilan batafsil tanishtirildi. Ta'kidlanganidek, komissiya a'zolarining 50 foizini ish beruvchi tashkilotlar vakillari tashkil etib, bu esa baholashning xolisligi va amaliyotga yo'naltirilganligini ta'minlaydi.

Tadbir davomida attestatsiya jarayonlarining shaffofligi, adolatliligi va amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilishi yuzasidan zarur ma'lumotlar berildi. Shuningdek, bitiruvchilarga o'z bilim, malaka va amaliy ko'nikmalarini to'liq namoyon etish, kasbiy faoliyatlarida yuksak natijalarga erishish hamda kelgusidagi mehnat faoliyatlarida muvaffaqiyat qozonish tilaklari bildirildi.