

Buxoro davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlash bo‘yicha institut tanlov bosqichi bo‘lib o‘tadi.
📅 Sana: 2026-yil 29-iyul
⏲ Vaqti: 09:00
📍 Manzil: Buxoro davlat pedagogika instituti bosh binosi
Tanlov davomida nomzodlarning bilim darajasi, ilmiy-ijodiy faoliyati, erishgan yutuqlari hamda belgilangan mezonlar asosida suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqich natijalariga ko‘ra eng munosib nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
Tanlov ishtirokchilaridan belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan ishtirok etishlari so‘raladi.
Barcha nomzodlarga omad va yuksak natijalar tilaymiz!