(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

BuxDPI kutubxona fondi 150 dona yangi badiiy adabiyot bilan boyitildi

BuxDPI kutubxona fondi 150 dona yangi badiiy adabiyot bilan boyitildi

BuxDPI kutubxona fondi 150 dona yangi badiiy adabiyot bilan boyitildi

    Avval xabar berganimizdek, Buxoro davlat pedagogika institutiga O‘zbekiston mahallalar uyushmasi raisi, mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Quronboyev Qahramon Qo‘chqorovich boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurgan edi.

     Muloqot davomida institut talabasi Hoshimova Mohinur tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, mutolaa muhitini kengaytirish hamda badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan qator amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

     Talabaning mazkur takliflari ishchi guruh a’zolari tomonidan yuksak e’tirof etilib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan qo‘llab-quvvatlandi.Mazkur tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov tomonidan Buxoro davlat pedagogika institutiga 150 dona badiiy adabiyot hamda bir qator yangi kitoblar taqdim etildi.

     Ushbu kitoblar institut kutubxona fondini yanada boyitish, talaba-yoshlarning mutolaa madaniyatini rivojlantirish, ularning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.