(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Startap va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Startap va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi
Startap va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi

Startap va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi

     Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 9-iyuldagi 287-sonli xati 2-“d” bandi ijrosi doirasida Buxoro davlat pedagogika institutida startap loyihalarni saralash va moliyalashtirishning shaffof mexanizmi joriy etildi.

     Mazkur mexanizm asosida startap loyihalar ochiq va xolis tanlov asosida saralanib, ularning innovatsionligi, amaliy ahamiyati, bozor salohiyati, iqtisodiy samaradorligi hamda tijoratlashtirish imkoniyatlari kompleks baholanmoqda.

     Jarayon doirasida institutning tayanch doktorantlari, magistrantlari va bakalavr talabalari ham o‘zlarining istiqbolli startap loyihalari bilan faol ishtirok etmoqda.

     Jumladan, tayanch doktorantlar:
     Boboyeva Zarifa — “Imkon sport” loyihasi;
     Boymurodova Nishona — “Men borman” loyihasi;
magistrant:
     Abdukarimova Rayxona — “SmartAqua Eco” loyihasi;
bakalavr talabasi:
     Farhodova Dilnura — “Sarbon” loyihasi bilan o‘z innovatsion g‘oyalarini taqdim etdilar.

     Mazkur loyihalar orqali sport, ekologiya, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga innovatsion yechimlar taklif etilmoqda.

     Ushbu tashabbuslar yosh olimlar va talabalarni ilmiy izlanishdan amaliy natijaga, g‘oyadan innovatsion mahsulotga olib boruvchi muhim qadam bo‘lib, institutda startap ekotizimini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

    Shuningdek, “Renessans olimlari” ilmiy-ommabop taqdimotlari orqali yosh olimlar va talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini namoyon etish, zamonaviy ilmiy g‘oyalarni ommalashtirish hamda ilm-fan va ta’lim amaliyoti integratsiyasini kuchaytirishga e’tibor qaratilmoqda.

     Buxoro davlat pedagogika instituti — g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydi, innovatsiyalarni rivojlantiradi va yoshlarning istiqbolli loyihalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashadi!