(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Qabul jarayonlari davom etmoqda! Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha suhbat imtihonlari tashkil etildi

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Qabul jarayonlari davom etmoqda! Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha suhbat imtihonlari tashkil etildi
Qabul jarayonlari davom etmoqda! Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha suhbat imtihonlari tashkil etildi

Qabul jarayonlari davom etmoqda! Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha suhbat imtihonlari tashkil etildi

2026/2027-o'quv yili uchun Buxoro davlat pedagogika institutida Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2-bosqichdan shartnoma asosida o'qishga qabul qilish maqsadida suhbat imtihonlari tashkil etildi.

Suhbat jarayonlarida abituriyentlarning:

  • tanlagan ta'lim yo'nalishi bo'yicha bilim va tushunchalari;
  • kasbiy ko'nikmalari va tayyorgarlik darajasi;
  • pedagogik faoliyatga qiziqishi;
  • maktabgacha ta'lim sohasidagi bilimlari baholab borildi.

Suhbatlar ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilib, abituriyentlar uchun o'z bilim va salohiyatini namoyon etish imkoniyati yaratildi.

Mazkur qabul jarayoni orqali maktabgacha ta'lim tizimi uchun bilimli, malakali va zamonaviy pedagog kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Buxoro davlat pedagogika instituti — sifatli ta'lim, zamonaviy bilim va munosib kelajak sari ishonchli qadam!