(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Sog'lom tong — sport va faollik bilan boshlangan kun

Sog'lom tong — sport va faollik bilan boshlangan kun

Sog'lom tong — sport va faollik bilan boshlangan kun

Ayni damda Buxoro davlat pedagogika institutida professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirokida an'anaviy ertalabki badantarbiya va sport mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

Musaffo tong nafasi, ko'tarinki kayfiyat va sog'lom hayot sari intilish bir maqsad atrofida jam bo'lgan ishtirokchilarni yanada birlashtirmoqda. Mazkur sport mashg'ulotlari nafaqat jismoniy chiniqish, balki iroda, intizom va sog'lom turmush madaniyatini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda sog'lom turmush tarzi — shunchaki odat emas, balki ta'lim sifati, mehnat unumdorligi va yuksak natijalarning muhim omilidir. Shu bois institut jamoasi har bir kunni sport va faollik bilan boshlash orqali sog'lom avlod va kuchli jamiyat barpo etish yo'lida o'z hissasini qo'shmoqda.

Har bir qadam — salomatlik sari, har bir mashq — yangi energiya sari, har bir tong — yangi muvaffaqiyatlar sari!

Sog'lom tanada — sog'lom aql, sog'lom jamiyat esa sog'lom insonlardan boshlanadi!