

Buxoro davlat pedagogika institutida kafedralardan amaliyot tizimiga mas'ul etib tayinlangan professor-o'qituvchilar ishtirokida uchrashuv va amaliy muloqot tashkil etildi. Tadbirda joriy o'quv yilini samarali yakunlash hamda 2026/2027-o'quv yiliga puxta tayyorgarlik ko'rish masalalari muhokama qilindi.
Talabalar amaliyoti bo'limi boshlig'i M.S. Usmonova yangi o'quv yilidan boshlab amaliyot tizimini to'liq raqamli platformaga o'tkazish, shuningdek, talabalar bilan ikki va uch tomonlama shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan ma'lumot berdi.
Institut yuristkonsulti A.I. Mirxodjayev amaliyot rahbarlari va talabalarning huquq hamda majburiyatlari, shartnomalarning yuridik jihatlari bo'yicha tushuntirishlar berdi. Muloqot yakunida korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini 15-avgustga qadar rasmiylashtirish hamda kafedra takliflarini taqdim etish bo'yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Institutda amaliyot jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ularning shaffofligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.