

Ayni damda Buxoro shahrida yoshlarning kasb tanlashi, zamonaviy ta'lim yo'nalishlari va kelajak imkoniyatlarini namoyon etuvchi "Talaba Expo–2026" kasb ko'rgazmasi qizg'in ruhda davom etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Baxtiyor Adilov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda "Kelajakka qadam" loyihasi rahbari Elmurod Hoshimov so'zga chiqib, yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdilar.