(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

"Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalari oldidan sportchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • "Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalari oldidan sportchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi
"Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalari oldidan sportchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi

"Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalari oldidan sportchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi

Buxoro davlat pedagogika institutida "Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalarida institut sharafini himoya qiladigan sportchi talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda institut rektori Bahodir Ma'murov talaba-sportchilar bilan samimiy muloqot olib bordi.

Muloqot davomida yengil atletika va suzish sport turlari bo'yicha musobaqalarda ishtirok etadigan talabalarning tayyorgarlik jarayoni, musobaqa oldidan ruhiy holati, jismoniy tayyorgarligi hamda oldilariga qo'ygan maqsad va vazifalari atroflicha muhokama qilindi.

Rektor yosh sportchilarning sportdagi yutuqlari institut nufuzi va obro'sini yuksaltirishda muhim o'rin tutishini ta'kidlab, ularga o'zining qimmatli tavsiyalari va ezgu tilaklarini bildirdi. Shuningdek, musobaqalarda yuqori natijalarni qo'lga kiritish uchun intizom, matonat va g'alabaga bo'lgan ishonch eng muhim omil ekanligini alohida qayd etdi.