(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Yakuniy nazoratlar — shaffof va adolatli tashkil etilmoqda

Yakuniy nazoratlar — shaffof va adolatli tashkil etilmoqda

Yakuniy nazoratlar — shaffof va adolatli tashkil etilmoqda

Buxoro davlat pedagogika institutida 2025/2026-o'quv yili bitiruvchi magistratura talabalari uchun mutaxassislik fanlari bo'yicha yakuniy nazorat sinovlari belgilangan tartib va tasdiqlangan grafik asosida davom etmoqda.

Joriy yilda institut magistraturasini tamomlayotgan 215 nafar talaba o'z mutaxassisligi bo'yicha egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko'nikmalari va kasbiy kompetensiyalarini yakuniy sinovlarda namoyon etmoqda.

Yakuniy nazorat jarayonlari ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilib, baholash mezonlariga qat'iy rioya qilinmoqda. Bu esa talabalarning bilimini adolatli baholash hamda ta'lim sifatini ta'minlashda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq o'tkazilayotgan yakuniy nazoratlar 20-iyunga qadar davom etadi.

Bilim va salohiyatni munosib baholashga qaratilgan bunday tizimli jarayonlar raqobatbardosh, zamonaviy va malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.