(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Mahallaga resurs berildi, endi natija va mas’uliyat talab qilinadi

Mahallaga resurs berildi, endi natija va mas’uliyat talab qilinadi

Mahallaga resurs berildi, endi natija va mas’uliyat talab qilinadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

    Davlatimiz rahbari joriy yilda infratuzilmani yaxshilash, aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tumanlarga o‘rtacha 250 milliard so‘mdan, mahallalarga esa 5,5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilganini ta’kidladi.

    Shuningdek, tuman hokimlari va mahalla raislarining tushum bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgani natijasida hududlarda qoladigan qo‘shimcha daromad 2 barobargacha oshdi. Buning hisobiga tumanlarda o‘rtacha 22 milliard so‘m, mahalla budjetlarida esa 150–200 million so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ shakllandi.
“Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, ‘yettilik’ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat – mas’uliyat va tashabbuskorlik,” — dedi Prezidentimiz.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official