

Buxoro davlat pedagogika institutida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Musobaqalarning asosiy maqsadi — sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish, jamoada sport madaniyatini shakllantirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.
Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
Mini-futbol
Voleybol
Shaxmat-shashka
Stol tennisi
Yengil atletika
17-avgust, soat 10:00
Shaxmat-shashka, stol tennisi va yengil atletika musobaqalariga start beriladi.
18-avgust
Mini-futbol va voleybol bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.
Musobaqalarda professor-o‘qituvchilar, ko‘ngilli volontyor talabalar hamda sportsevarlar faol ishtirok etishlari mumkin.
Barcha sportsevarlarni ushbu musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:
Telegram: @Amrulloyevich
Telefon: (97) 282-55-52