(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

YOSHLAR TASHABBUSLARI E'TIBOR MARKAZIDA

YOSHLAR TASHABBUSLARI E'TIBOR MARKAZIDA

YOSHLAR TASHABBUSLARI E'TIBOR MARKAZIDA

     Buxoro davlat pedagogika institutiga Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi, mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi Quronboyev Qahramon Qoʻchqorovich boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida mehmonlar institut hududida tashkil etilgan "Yoshlar bogʻi" faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur maskan yoshlarni birlashtiruvchi, ularning taklif va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadigan, muammolari oʻrganiladigan hamda mazmunli bo‘sh vaqtini tashkil etishga xizmat qiluvchi ochiq ijtimoiy maydon sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, bu yerda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari, kitobxonlik kechalari, ijodiy uchrashuvlar va turli maʼnaviy-maʼrifiy loyihalar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

    Ishchi guruh aʼzolari bogʻ hududida faoliyat olib borayotgan sport, kitobxonlik, madaniyat hamda "Besh tashabbus" doirasidagi toʻgaraklar bilan tanishib, ularning faoliyati yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, Ahmad Donish mahalla fuqarolari hamda yoshlari bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.

    Muloqot davomida institut talabasi Hoshimova Mohinur tomonidan kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar bildirildi. Mazkur tashabbuslar ishchi guruh tomonidan ijobiy baholanib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan qoʻllab-quvvatlandi.

    Tashrif yakunida Buxoro davlat pedagogika institutida tashkil etilgan "Yoshlar bogʻi" yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati, ijodiy qobiliyati va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida eʼtirof etildi.