(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

HURMATLI ILMIY TADQIQOTCHILAR VA INNOVATSION FAOLIYAT BILAN SHUG‘ULLANUVCHILAR DIQQATIGA!

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • HURMATLI ILMIY TADQIQOTCHILAR VA INNOVATSION FAOLIYAT BILAN SHUG‘ULLANUVCHILAR DIQQATIGA!
HURMATLI ILMIY TADQIQOTCHILAR VA INNOVATSION FAOLIYAT BILAN SHUG‘ULLANUVCHILAR DIQQATIGA!

HURMATLI ILMIY TADQIQOTCHILAR VA INNOVATSION FAOLIYAT BILAN SHUG‘ULLANUVCHILAR DIQQATIGA!

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga (PF-58-son va PQ-200-son) muvofiq, Fan yo‘nalishlari bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashlar (ITK) tarkibi har olti oyda yangilanib borilishi belgilangan. Kelgusida ITK tarkibiga nomzodlar faqatgina yangi ishga tushirilgan platformalarda ro‘yxatdan o‘tgan olimlar orasidan tanlab olinadi.

     Shu munosabat bilan, tashkilotimizdagi quyidagi talablarga javob beradigan mutaxassislar va olimlardan belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

     Nomzodlarga qo‘yilgan asosiy talablar:
     Ilmiy darajaga ega bo‘lish;
     “Scopus” va “Web of Science” xalqaro bazalarida “Hirsh” indeksiga (h-index) ega bo‘lish (Madaniyat, san’at, o‘zbek tili va tarix sohalari bundan mustasno);
     Yangi ilmiy yo‘nalishlarda xalqaro darajada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan yuksak salohiyatli olim bo‘lish.

     Qayerdan va qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
Quyidagi ikkala havola (link) orqali kirib, shaxsiy ma’lumotlarni to‘liq va sifatli to‘ldirishingiz lozim:
     Shaxsiy kabinet: my.ilmiy.uz
     Elektron kutubxona: kutubxona.ilmiy.uz

     Muddat: 2026-yil 25-iyulga qadar

     Eslatib o‘tamiz: Belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish kelgusida Ilmiy-texnik kengashlar tarkibida faoliyat yuritishingiz uchun asosiy shart hisoblanadi.Barcha soha vakillaridan faol ishtirok etishlarini va ma’lumotlarni o‘z vaqtida to‘ldirishlarini so‘raymiz