(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

O'zbekiston — Portugaliya o'yini katta ekranlarda jonli namoyish etiladi

O'zbekiston — Portugaliya o'yini katta ekranlarda jonli namoyish etiladi

O'zbekiston — Portugaliya o'yini katta ekranlarda jonli namoyish etiladi

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

Portugaliya — O'zbekiston

Sana: 23-iyun
Vaqti: 22:00
Stadion: "Houston Stadium"

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida o'rnatiladigan katta ekranlarda jonli namoyish etiladi.

Eng yirik muxlislar maydoni Buxoro shahridagi "Ko'hna va boqiy Buxoro" majmuasi hududidagi amfiteatrda tashkil etiladi. Bu yerda 6 ming nafarga yaqin muxlis milliy terma jamoamizni birgalikda qo'llab-quvvatlaydi.

Har bir o'yin — milliy jamoamiz uchun kuch. Har bir qo'llab-quvvatlov — g'alabaga ishonch! Olg'a, O'zbekiston!