

Buxoro davlat pedagogika instituti doktorantlari ilmiy tadqiqotlar doirasida Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutida tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdi.
Jarayonga pedagogika, psixologiya, amaliy fanlar va sport yo'nalishlari talabalari jalb etilib, doktorantlar tomonidan ishlab chiqilgan anketa-so'rovnomalar asosida tadqiqot ma'lumotlari yig'ildi.
Olingan natijalar talabalarning kasbiy kompetensiyalari, pedagogik faoliyatga munosabati hamda ta'lim jarayoniga oid qarashlarini tahlil qilishga xizmat qiladi.
Mazkur tajriba-sinov ishlari ilmiy izlanishlarning amaliy ahamiyatini oshirish, ta'lim sifatini takomillashtirish va bo'lajak pedagog kadrlar tayyorgarligini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Ilmiy izlanishlar va amaliy tajriba uyg'unligi — sifatli ta'lim sari muhim qadam.