(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

O'qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun qo'shimcha imkoniyat!

O'qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun qo'shimcha imkoniyat!

O'qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun qo'shimcha imkoniyat!

Buxoro davlat pedagogika institutida 2026/2027-o'quv yili uchun talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun vakant, ya'ni bo'sh o'rinlar bo'yicha tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud!

Vakant o'rinlar kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha bir qator ta'lim yo'nalishlarida tashkil etilgan.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

  • 56,7 va undan yuqori ball to'plagan abituriyentlar;
  • O'qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar;
  • Test sinovlarida ishtirok etib, OTM va ta'lim yo'nalishini tanlamagan abituriyentlar;
  • Abituriyentlar 5 tagacha ta'lim yo'nalishini tanlash imkoniyatiga ega.

Bunda tanlangan ta'lim yo'nalishining fanlar majmuasi va ta'lim tili mos bo'lishi lozim.

Qabul bazaviy to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Talabalik sari yana bir muhim qadam tashlang!