

Prezident yoshlar bilan uchrashib, yangi imkoniyat va tashabbuslarni e'lon qildi
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasblarga o‘qitish, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, innovatsion startaplarni rag‘batlantirish hamda yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan qator yangi tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari yoshlarni bilim, kasb va zamonaviy texnologiyalarni puxta egallashga, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilishga da’vat etdi.
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti: https://president.uz/oz/lists/view/9367