(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun yangi imkoniyat: ishdan ajralmagan holda bakalavr darajasiga ega bo'ling

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun yangi imkoniyat: ishdan ajralmagan holda bakalavr darajasiga ega bo'ling
Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun yangi imkoniyat: ishdan ajralmagan holda bakalavr darajasiga ega bo'ling

Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun yangi imkoniyat: ishdan ajralmagan holda bakalavr darajasiga ega bo'ling

Yillar davomida bolajonlar tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lib, o'z ustida ishlash va oliygohda o'qish orzusini orqaga surib kelgan o'rta maxsus ma'lumotli tarbiyachilarni bir savol o'ylantiradi: "O'qishga kirsam, ishimni qanday davom ettiraman?" Endilikda bu xavotirlarga o'rin yo'q!

Davlatimiz rahbarining qaroriga asosan, 2026–2027-o'quv yilidan boshlab pedagogika oliygohlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishida bakalavrlarni dual ta'lim (1+5 tizimi) asosida tayyorlash yo'lga qo'yilmoqda. Bu esa sohada kamida 3 yillik pedagogik stajga ega bo'lgan xodimlarga o'z sevimli kasbidan ajralmagan holda talaba bo'lish imkoniyatidir.

Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish lozim?

  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki my.uzbmb.uz elektron portallariga kirib, uydan chiqmagan holda onlayn ro'yxatdan o'tasiz.
  • Ro'yxatdan o'tish davomida test sinovlari topshiriladigan asosiy fanlar bloki etib 1-fan — Biologiya, 2-fan — Ona tili va adabiyotini belgilaysiz.

Arizalar tizim orqali faqatgina 25-iyunga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Maktabgacha ta'lim yo'nalishida dual ta'lim shaklida bakalavrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladigan pedagogika oliy ta'lim tashkilotlari ro'yxati.